Saudiya Arabistoni Oʻzbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini yopib qoʻydi

    Xalqaro hamkorlik 27 Aprel 2025 1245

    Saudiya Arabistoni Oʻzbekiston fuqarolari uchun onlayn sayyohlik (turist) viza olish imkoniyatini yopib qoʻydi.

    Maʼlumotlarga koʻra, bundan tashqari Tojikiston ham bu imkoniyatdan mahrum qilingan. Saudiya hukumati bu borada rasmiy izoh bermagan.

    Maʼlumot uchun, 2025-yilgi haj mavsumida Oʻzbekiston fuqarolari uchun 15 ming dona kvota ajratilgan.

    Eslatib oʻtamiz, Dubaydagi pichoqbozlik oqibatida 15 nafar oʻzbekistonlik qoʻlga olingani boʻyicha TIV rasmiy izoh berib, qonunbuzarlik holatlari koʻpayayotgani vizasiz rejimga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.