Ushbu hadya podshohlikning yurtimizdagi elchisi Yusuf al-Utaybiy tomonidan O‘zbekiston hukumati, Musulmonlar idorasi, «Vaqf» xayriya jamoat fondi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etildi.
Saudiya tomonidan dunyo davlatlariga xurmo hadya qilish an’anaga aylangan. O‘tgan yili ham Podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi bilan hamkorlikda mamlakatimizga beg‘araz ko‘mak sifatida katta miqdorda xurmo sovg‘a qilingandi.