Saudiya Arabistoni Podshohligida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari”ga start berildi

    Shu yilning 2–11-oktyabr kunlari Saudiya Arabistoni Podshohligida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” boʻlib oʻtmoqda.

    Mazkur tadbir Oʻzbekiston madaniy merosi, sanʼati va milliy qadriyatlarini xalqaro miqyosda targʻib etishga qaratilgan.

    “Oʻzbekiston madaniyati kunlari”da sanʼat ustalari ishtirokida konsert dasturlari, Oʻzbekiston milliy pavilonida taomlar va hunarmandchilik namunalari, noyob qoʻlyozmalar nusxalari, kitob va milliy adabiyotlar koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda.

    Kuni kecha Saudiya Arabistoni Podshohligining Ar-Riyod shahridagi “Riyadh International Book Fair” majmuasida Oʻzbekistondan olib borilgan noyob qoʻlyozmalar nusxalari, kitob va milliy adabiyot namunalari koʻrgazmasi ochildi.

    Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “ Riyadh International Book Fair ” majmuasidagi kitoblar koʻrgazmasida boʻldi. Unga Saudiya Arabistoni Podshohligi Madaniyat vazirligi oʻrinbosari Hamed Fayez hamda Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi favqulodda va muxtor elchisi Nodir Turgʻunov hamrohlik qildi.