Saudiya Arabistoni podsholigi Vaqf fondiga 20 000 nusxada Qurʼoni karim hadya qildi

    Ijtimoiy hayot 7 May 2021 1331

    6-may kuni Saudiya Arabistoni podsholiging mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari hamda Vaqf xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo qori Ubaydulloh oʻgʻli bilan samimiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. B uhaqda “VAQF” hayriya jamoat fondining rasmiy telegram kanalida axborot berildi.

    Uchrashuv poytaxtimizdagi “Hazrati Imom” majmuasidagi “Moʻyi muborak” muzeyida boʻlib oʻtdi. Dastlab mehmonlar muzeyda joylashgan “Hazrati Usmon musʼhafi”ni ziyorat qilishdi.

    Shundan soʻng tomonlar oʻzaro hamkorlik va birdamlikda qilinayotgan xayriya tadbirlari va ularning davomiy boʻlishligi haqida soʻz yuritishdi.

    Tadbir davomida elchixona vakillari Saudiya Arabistonida chop etilgan Qurʼoni karimning 20 000 nusxasini Vaqf xayriya jamoat fondiga begʻaraz taqdim etdi.Tadbir soʻngida fond rahbari Yahyo qori Ubaydulloh oʻgʻli mehmonlarga chuqur minnatdorlik izhor etib, bu kabi xayriyalarda hamkorlik qilishdan mamnun ekanligi bildirdi.