Muzokaralar chogʻida hamkorlikda amalga oshirilayotgan Maʼlumotlar markazini qurish jarayonlari va malakali mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda “yashil” Maʼlumotlar markazi loyihasining birinchi bosqichi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Loyihani amalga oshirish uchun yetarli elektr energiya taʼminoti masalasini alohida eʼtiborga olish zarurligi qayd etildi. “DataVolt” kompaniyasi bosh ijrochi direktori mazkur loyihada qayta ishlanuvchi energiya manbalaridan foydalanilishini maʼlum qildi.
Shu bilan birga, maʼlumotlar markazlarini barpo etish orqali xalqaro yirik IT kompaniyalarni Oʻzbekistonga jalb etish boʻyicha amaliy ishlar olib borilayotgani maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, taʼlim sohasida raqamli yechimlarni jadal rivojlantirish, IT autsorsing va boshqa yoʻnalishlarda isteʼdodlarni tayyorlash boʻyicha Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharqda Oʻzbekistonning IT autsorsing salohiyatini targʻib qilish boʻyicha qoʻshma tashabbuslar amalga oshirish boʻyicha masalalarga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, qoʻshma loyihalarni ilgari surish orqali dunyoning yirik texnologik kompaniyalarini Oʻzbekistonga jalb etish rejalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida telekommunikatsiya sohasida loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.