Saudiya Arabistonida eng yirik banklar birlashishga rozi bo'ldi

    Saudiya Arabistonining eng yirik banki Milliy tijoriy banki (National Commercial Bank - NCB) hamda uning raqobatchisi Samba Financial birlashish to'g'risida kelishib oldi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

    NCB Samba’ning har bir aktsiyasiga 28,45 rialdan ($7,58) to'laydi. Bitim narxi 55,7 mlrd. rialga (qariyb $15 mlrd.) baholanmoqda. Birlashgan kompaniyaning 67,4% qismiga NCB aktsiyadorlari, 32,6% qismiga Samba aktsiyadorlari egalik qiladi.

    Saudiya banklarining birlashishi sohaga doir 2020 yildagi eng muhim voqea bo'ldi. YAngi moliyaviy guruhning birgalikdagi aktivlari 220 mlrd. dollarga baholanmoqda, bu esa uni Fors ko'rfazidagi uchinchi eng yirik kreditorga aylantiradi. Birlashgan shirkatning bozor bahosi $46 mlrd.ga teng bo'ladi, bu esa mintaqadagi eng yirik o'yinchi Qatar milliy banki QPSC bozor bahosi bilan taqqoslanadi.

    Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, NCB va Samba’ning birlashishi 2016 yilda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon al-Saud tomonidan e'lon qilingan “Vision 2030” milliy dasturining asosiy punktlaridan biri. U mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, neft mahsulotlari bozoriga qaramlikni kamaytirish hamda xizmat ko'rsatish sohalarini, jumladan turizm, infratuzilma va dam olishni rivojlantirishdan iborat.

    Ta'kidlanishicha, rahbari valiahd shahzoda al-Saud bo'lgan Davlat investitsiya fondi o'zining 37,2% ulushi bilan birlashgan NCB-Samba guruhining eng yirik aktsiyadori bo'ladi.

    Birlashgan yangi kompaniya har yili 800 mln. rial ($213 mln.dan ko'proq) foyda keltirishi kutilmoqda. Bitim 2021 yilning I choragida yakunlanadi va top menejmentning o'zgarishi bilan birga olib boriladi. Al-G'amdi guruhning Bosh direktori bo'ladi, Samba’ning hozirgi raisi Ammar al-Xudayri birlashgan bankni boshqaradi.

    Banklar birlashuvi Fors ko'rfazi mamlakatlari koronavirus pandemiyasi va energiya eksportidan tushadigan daromadlarning pasayishi tufayli yuz berayotgan ikki tomonlama iqtisodiy zarba bilan ham bog'liq. Bir yil avval NCB aktivlari hajmi bo'yicha Saudiyaning to'rtinchi raqamli banki Riyad Bank bilan birlashishni rad etgan edi.

    May oyida Ar-Riyod OPEK+ doirasida erishilgan kelishuvga muvofiq Evropa va Osiyoga neft etkazib berishni 20-30% ga qisqartirgan edi. Iyun` oyida mutaxassislar AQSH bozorida Saudiya nefti 35 yillik minimumni yangilaydi, deb bashorat qilgan edi.

    SHu tufayli aprel` oyidagi OPEK + bitimi Saudiya Arabistoniga valiahd shahzodaning islohotlar siyosatini davom ettirish uchun to'plangan zaxiralarni qisman tejashga imkon beradi.