Saudiya Arabistonida halokatga uchragan avtobusda oʻzbekistonlik ziyoratchilar mavjud emas

    Voqea-hodisalar 28 Mart 2023 1654

    2023-yil 28-mart kuni Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari ketayotgan avtobus halokatga uchragani toʻgʻrisidagi xabar tarqaldi.

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maʼlum qilishicha, Saudiya Arabistonida halokatga uchragan avtobusda oʻzbekistonlik ziyoratchilar mavjud emas.

    Eslatib oʻtamiz shu yil 27-mart kuni yamanlik yoʻlovchilar boʻlgan avtobus Saudiya Arabistonining Abha shahridagi koʻprikdan oʻtayotgan vaqtda tormoz tizimidagi nosozlik sababli yengil avtomobil bilan toʻqnashib yonib ketgandi.

    Ushbu mashʼum hodisa oqibatida 20 kishi halok boʻlgan, 29 kishi tan jarohati olgan.

    Saudiya Arabistonidagi mutasaddilardan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu avtobusda oʻzbekistonlik ziyoratchilar mavjud boʻlmagan.