Saudiya Arabistonida ichida odamlar bo'lgan attraksion qulab tushdi

    Saudiya Arabistonida ichida odamlar bo'lgan attraksion qulab tushdi. Bu haqda SHOT xabar bermoqda.

    Favqulodda hodisa Taifdagi “Grin Mauntin” xiyobonida sodir bo'ldi. “360 daraja” attraktsioni harakat paytida yarmiga qulab tushdi.

    Kadrlarda attraksion tebranib, bir necha marta yuqoriga ko'tarila boshlaganini ko'rish mumkin. Shu payt uning markaziy ramasi ikkiga bo'lingan va odamlar o'tirgan platforma erga qulab tushadi.

    Attraksion odamlar bilan butunlay to'lgan edi. Odamlardan biri attraksion qulab tushganda bir necha metr uzoqlikka yiqilib tushgan.

    Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko'ra, 23 kishi jabrlangan, ulardan uch nafarining ahvoli og'ir, deb xabar beradi rg.ru.