Saudiya Arabistonida kamida 550 nafar ziyoratchi Haj vaqtida jazirama tufayli hayotdan ko'z yumdi

    Saudiya Arabistonida musulmon davlatlardan kelgan kamida 550 nafar ziyoratchi Haj vaqtida jazirama tufayli vafot etdi.

    Bu haqda nomlari oshkor qilinmagan arab davlatlarining diplomatik doiralaridagi manbalariga tayanib, AFP xabar berdi.

    Unga ko'ra, jasadlar Makkadagi eng yirik o'likxonalardan biriga yetkazilgan, vafot etganlarning 323 nafari Misr fuqarolaridir.

    Bu yil Haj vaqtida Makkada havo harorati TSelsiy bo'yicha deyarli 52 darajaga yetdi, deb xabar beradi tass.ru.

    16-iyun kuni Reuters agentligi Saudiya Arabistonida Iordaniyadan kelgan 14 nafar ziyoratchi halok bo'lgani, yana 17 nafari bedarak yo'qolganini xabar qildi. O'limga ko'pincha issiqlik yoki yuzaga keladigan tiqilinch holat sabab bo'ladi. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Makkada 1,8 milliondan ortiq ziyoratchilar bor. Seshanba kuni Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati rahbari Pir Husayn Kolivand eronlik kamida 11 ziyoratchining vafot etgani haqida xabar berdi.