Saudiya Arabistoniga haj uchun borganlar soni maʼlum qilindi

    Xalqaro hamkorlik 27 May 2025 672

    Haj ziyoratiga borganlarning 53 foizini erkaklar, 47 foizi esa ayollar tashkil qilmoqda.

    Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq Al-Rabia maʼlum qilishicha, Saudiya Arabistoniga 2025-yilgi haj mavsumi uchun xorijdan bir milliondan ortiq ziyoratchi borgan.

    Ziyoratchilarning 94 foizi havo yoʻli bilan, 4,83 foizi quruqlikdagi chegara punktlari orqali, taxminan, 0,5 foizi esa dengiz orqali yetib kelgan. Shuningdek, 249 400 nafar ziyoratchi “Makka yoʻli” tashabbusi doirasida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan.

    Vazir haj va umra mavsumiga tayyorgarlik 2024-yilgi haj amallari yakunida boshlanganini aytdi.

    Tayyorgarlik jarayonlari doirasida turli mamlakatlarga dastlabki tashkiliy hujjatlar yuborildi. 2025-yil yanvar oyida ikki muqaddas masjid posboni qirol Salmon homiyligida eng yirik Haj konferensiyasi va koʻrgazmasi oʻtkazildi. Unda dunyoning 87 mamlakatidan vakillar ishtirok etdi, — dedi Al-Rabia.

    U qonuniy ziyoratchilarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan “Ruxsatnomasiz hajga bormang” tashabbusining muhimligini taʼkidladi. Shuningdek, u soxta haj kampaniyalariga qarshi kurashda turli mamlakatlarning rolini yuqori baholadi.