Oʻzbekiston mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish bilan bogʻliq masalalar muloqotning asosiy mavzusi boʻldi. 

Uchrashuv chogʻida Saudiya Arabistonidagi farmatsevtika zavodlariga xomashyo yetkazish doirasida Oʻzbekistondan jelatin mahsulotlarining eksporti masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Saudiyalik tadbirkor “Golden Star” kompaniyasi bosh direktori Abdulmuʼin Zurgi kompaniya menejeri Majid Aziz Muxammad Odex hamrohligida noyabr oyining ikkinchi yarmida Oʻzbekistonga borishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad “MMM Amin Bio” kompaniyasi tomonidan jelatin mahsulotlari ishlab chiqarilishi jarayonlari bilan tanishish, eksport hajmi va narxini kelishish hamda tegishli ikki tomonlama bitimni imzolashdan iborat.