баннер
26 Apr 2025
11:45

    Saudiya bolalar Hajga olib borilishiga taqiq qoʻydi

    Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi 2025-yil mavsumida ziyoratchilarga bolalarni oʻzlari bilan olib kelishlariga ruxsat etilmasligini maʼlum qildi.

    “AzerTAJ” xabarida aytilishicha, har yili Haj vaqtida haddan ziyod koʻp odam yigʻilishi munosabati bilan bolalar xavfsizligini taʼminlashda muammolar paydo boʻlmasligi uchun shunday qaror qabul qilingan.

    Shuningdek, mavsumni yanada uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida xavfsizlik boʻyicha tushuntirish kampaniyasi, muqaddas qadamjolarda harakatni boshqaradigan va tartibga soladigan aqlli tizimlarni amaliyotga joriy etish, qulaylikni oshirish va marosimlar jarayonini osonlashtirish uchun qoʻnalgʻalar va yoʻllarni yangilash kabi yana bir qator yangi chora-tadbirlar joriy etilgan. Anʼanaga muvofiq, avval Haj ziyoratini ado etmaganlarga ustuvorlik berilishi ham qoʻshimcha qilingan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech