Saudiyada eri tomonidan zoʻravonlikka uchragan ayol Oʻzbekistonga qaytarildi

    Saudiya Arabistoni qonunchiligiga koʻra, xorijiy fuqarolar mamlakatdan chiqish uchun chiqish vizasi olishi shart. Ayollar esa bunda rasman turmush oʻrtogʻining ruxsatini olishlari kerak.

    Saudiya Arabistonining Dammam shahrida uzoq yillar davomida turmush oʻrtogʻi tomonidan muntazam zoʻravonlikka uchragan R. G. ismli Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, jabrlangan ayol Oʻzbekiston elchixonasiga murojaat qilib, vataniga qaytishga yordam soʻragan.

    Saudiya Arabistoni qonunchiligiga koʻra, xorijiy fuqarolar mamlakatdan chiqish uchun chiqish vizasi olishi shart. Ayollar esa bunda rasman turmush oʻrtogʻining ruxsatini olishlari kerak.

    R.G.ning arizasiga asosan uning turmush oʻrtogʻi hibsga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Suhbat chogʻida unga chiqish vizasi uchun ruxsat berish, turmush oʻrtogʻiga toʻsqinlik qilmaslik, taʼqib qilmaslik va zarar yetkazmaslik boʻyicha majburiyat yuklandi.

    Natijada R.G. chiqish vizasiga ega boʻldi va sogʻ-salomat holda Dammam–Sharja–Toshkent yoʻnalishi orqali Oʻzbekistonga yoʻl oldi.

    Elchixona xodimlari Saudiy Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda R. G. uchun chiqish vizasini rasmiylashtirdi va zarur hujjatlarni tayyorladi. Ayolning xavfsizligini taʼminlash maqsadida uning safariga alohida nazorat oʻrnatildi.

    Natijada, R. G. Dammam–Sharja–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviareysda Oʻzbekistonga qaytib keldi.