Suhbat chogʻida Oʻzbekistonda taʼlim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, soʻnggi 6 yil mobaynida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi, Imom Buxoriy tadqiqotlar markazi, Hadis ilmi maktabi kabi ilmiy muassacalar tashkil etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar Saudiya Arabistoni vakilining eʼtiboriga havola qilindi.
Nadiya Ibrohim Buxoriy Oʻzbekiston Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zaxashariy, Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk mutafakkir olimlar yurti ekanligini alohida taʼkidladi. U, shuningdek, ota-bobolari yurti – Oʻzbekistonga qilgan sermazmun safarini ham yodga oldi.
Uchrashuvda Nadiya Buxoriy koʻp yillar davomida toʻplagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni Oʻzbekistonning ilmiy muassasalariga yetkazishni soʻrab Bosh konsulxonaga taqdim etdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida tashkil etilgan Arab tili markaziga hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmi maktabiga taqdim etiladigan ushbu noyob adabiyotlar yaqin kunlarda Oʻzbekistonga yetkaziladi.