Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar bosqichma-bosqich kengayib borayotgani alohida qayd etildi.
Muhammad bin Abdulaziz al-Jarba Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekistonda islom madaniyati va maʼrifatini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtiborni yuqori baholadi.
Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida parlamentlararo aloqalarning muhimligidan kelib chiqib, uni yanada rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Parlament doʻstlik guruhlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ular oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada faollashtirish va amaliy natijalar bilan boyitish yuzasidan atroflicha fikr almashildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.