“Sauna”sini oʻgʻrincha gaz bilan isitgan shaxs 1,8 mlrd toʻlaydigan boʻldi

    Sariosiyo tumanida “Aeroport” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. xonadonida faoliyat yuritayotgan “sauna” gaz quvuriga hisoblagichsiz oʻgʻrincha ulanib olgani aniqlandi.

    Kamiga gazsoʻrgʻich uskunasi orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

    Qoidabuzarlik “Oʻzenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, gaz taʼminoti korxonasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida aniqlandi.

    Buning oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, gaz taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 88 mln soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.