Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani boʻlimi inspektorlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi ekologik nazorat tadbiri oʻtkazildi.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻtkazilgan tadbirda Toshkent viloyatida 3 nafar fuqarolar S.X., A.A hamda X.A.lar tomonidan noqonuniy tarzda hech qanday hujjatlarsiz sava qushlarini ovlayotgani aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, har bir huquqbuzarga bazaviy hisoblash miqdoring 10 barobari miqdorida jarima chorasi qoʻllanildi.