Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, navbatdagi nazorat reyd tadbirida Parkent tumani Qizil tosh shaharchasi togʻli hududida fuqaro R.A. tomonidan 8 dona qorabosh sava qushi noqonuniy tarzda toʻr yordamida ovlanayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Holatga qonuniy berish uchun toʻplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Parkent tuman sudiga yuborildi.









