Savdo faoliyatiga rahnamolik qilishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Xavfsizlik 29 Noyabr 2021 438

    Toshkent viloyatida fuqarodan savdo faoliyatiga rahnamolik qilishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rasmiy Telegram-kanalida.

    Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.E. fuqaro Sh.dan tuman hududida joylashgan savdo majmuasiga tegishli boʻlgan piyodalar yoʻlagini hech qanday hujjatlarsiz 13 oy muddatga savdo faoliyatini amalga oshirish uchun ajratib berish hamda ushbu vaqt davomida tekshiruvchilarga rahnamolik qilish evaziga 2 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.