Saxalinda 130 ta uy suv ostida qoldi

    Nevelskiy tumanidagi Kolxoznoe qishlog'ida (Rossiya Federatsiyasi) 130 ta uy suv ostida qoldi, deb xabar bermoqda Saxalin viloyati hokimligi matbuot xizmati.

    “Ayni paytda [Kolxoznoeda] 130 uy suv ostida qolgan. Qishloqdan 21 kishi, jumladan, 5 nafar bola evakuatsiya qilingan. 11 kishi vaqtinchalik joylashtirish markazida, qolganlari qarindoshlarinikida. Odamlar barcha zarur narsalar bilan ta'minlangan”, deya Nevelskiy tumani rahbari Aleksey Shabelnik so'zlaridan iqtibos keltirdi matbuot xizmati.

    Shabelnikning so'zlariga ko'ra, voqea joyiga shifokorlar yetib kelgan, qishloq aholisidan hech qanday shikoyat yo'q. Uning ta'kidlashicha, yaqin orada yana 5 kishi xavfsiz joyga evakuatsiya qilinadi. Hokimlik qishloqda vayron bo'lgan ko'prikni tiklash siklon o'tib ketganidan keyin boshlanishini ma'lum qildi, deb xabar berdi tass.ru.

    Siklon oqibatida Kolxozniydagi Kazachka daryosi qirg'oqlaridan toshib ketdi, suv sathi bir necha soat ichida bir necha metrga ko'tarildi. Maksimal suv sathi 2,47 metrni tashkil etdi, deb xabar berdi matbuot xizmati.