Saxalin gubernatori Valeriy Limarenkoning ma'lum qilishicha, 10 ta turar-joy binosi suv ostida qolgan, 2,6 mingdan ortiq kishi istiqomat qiluvchi 6 ta ko'p qavatli uy va 500 dan ortiq xususiy uylar elektr ta'minotidan uzilgan.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli orol janubidagi maktablarda birinchi va ikkinchi smenalarda darslar bekor qilindi.
Yujno-Saxalinskdan Kurilning Kunashir oroliga va Sovetskaya Gavanga parvozlar bir kunga qoldirildi, deb xabar beradi mir24.tv.