Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan yigʻilgan 11 600 AQSHdollari miqdoridagi xayriya pul mablagʻi Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari koʻrinishida tarqatilmoqda. 

Bugun, 25-iyun sanasida "Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi"ning delegatsiyasi ana shu ezgu maqsadda Xorazm viloyatiga yoʻl oldi.