Saylov – kelajak koʻzgusi

    Saylov 3 Noyabr 2021 3445

    2021-yil 24-oktyabrda boʻlib oʻtgan Prezident saylovlari xalqimizni ertangi kuniga befarq emasligini butun dunyoga koʻrsatib qoʻydi.

    Nomzodlar tomonidan joylarda oʻtkazilgan targʻibot-tashviqot ishlari koʻtarinki ruhda olib borildi. Shu bois, har bir nomzodning saylovoldi dasturi chuqur oʻrganilib, fuqarolar oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berish teng imkoni yaraldi. Bu esa Oʻzbekistonning tashqi imijiga juda ijobiy taʼsir etmay qoʻymaydi. Har bir nomzodning asl maqsadi mamlakatni barcha sohada rivojlantirish, xalq farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgandir. Ushbu saylovda davlat idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, yurtimizning xorijiy vakolatxonalari xodimlari hamda mamlakatimiz va xorijiy universitetlar filiallari xodimlari faol ishtirok etib, oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdilar.

    Albatta, bu masʼuliyatli jarayonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni muvofiqlashtirib borgan barcha darajadagi saylov komissiyalarining ishi yanada faollashib, ushbu tadbir koʻtarinki ruhda xalqimiz tomonidan kutib olindi.

    Jumladan, ushbu siyosiy tadbirga Toshkent shahridagi Adju universitetida ham jiddiy tayyorgarlik koʻrildi. Universitetda taʼlim olayotgan talabalarning 703 nafari saylovda ishtirok etdi. Saylovchi talabalarning aksariyati birinchi marotaba ovoz berayotganini inobatga olgan holda “Yosh saylovchilar haftaligi” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida har bir akademik guruhda saylov qonunchiligi mazmun-mohiyati tushuntirishga qaratilgan davra suhbatlari oʻtkazildi.

    “Men saylovga tayyorman” mavzusida insholar tanlovi va “Men ovoz berdim, sizchi” mavzusida foto va selfilar tanlovi oʻtkazildi. Bunday tadbir va tanlovlar talabalarning saylovga boʻlgan yanada qiziqishini orttirib, yoshlar qalbidagi vatanparvarlik ruhini mustahkamlab, ular tomonidan muhim siyosiy kunni — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini bayram ruhida kutib olinishiga xizmat qildi.

    Yurtimizni har sohada rivojlanishida har birimiz oʻzimizning hissamizni qoʻshib yashashimiz ham qarz, ham farz deb oʻylayman. Zero, buyuk davlatni barpo etishda har birimizdan chuqur bilim yurtga sadoqat boʻlishi zarur. Ana shundagina biz koʻzlagan ulugʻ maqsadlarga erisha olamiz.

    Shu oʻrinda saylovda gʻalaba qozongan Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Mirziyoyev Shavkat Miromonovichni erishgan yuksak gʻalabasi bilan jamoamiz nomidan chin yurakdan tabriklaymiz. Shuni ishonch bilan aytamizki, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent shahridagi Adju universitetining barcha ahil jamoasi “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” rivojlanish dasturi doirasida sadoqat bilan mehnat qiladi.

    G. Muratov,

    Adju universiteti rektori.