Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish kunini belgilash va saylov kampaniyasi boshlanishini eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 23-iyuldan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berildi.

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka koʻrsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi, Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodovning tumanlardagi saylovchilar bilan uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda.

Urgut tumani 1-sektoriga qarashli saylov uchastkalarida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yoʻnalishlar qatori Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasi hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazilishi, maktab taʼlimi tizimi uchun oʻquv dasturlari va darsliklar ilgʻor xorijiy tajriba asosida toʻla qayta ishlanib, 2026-yilga qadar amalda joriy etilishi, oliy taʼlimga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga, asosiy eʼtibor taʼlim sifatini oshirishga qaratilgani alohida taʼkidlandi.

Xususan, maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar sonining oshirilib, mavjudlarining qayta rekonstruksiya qilinganligi, oliy taʼlim muassasalariga qabulning soddalashtirilganligi nomzodning har bir sohaga qaratayotgan yuqori darajadagi eʼtibori mahsuli ekanligi eʼtirof etildi.

Shuningdek, Samarqand davlat universitetining barcha fakultetlarida “Saylov-demokratiya koʻzgusi” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar saylov toʻgʻrisida yoshlarga huquqiy maʼlumotlar yetkazish va ularning bu boradagi savodxonligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Obid Qodirov,

SamDU “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri,

Psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)