- Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati (SYAER) va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini (SJBAT) yana-da takomillashtirish orqali fuqarolarning doimiy va vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, koʻchalar, uylar va xonadonlarning nomlari hamda raqamlarining elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishini taqozo etadi.
Bu borada Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda saylov jarayonlariga ilgʻor axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yana-da kengroq joriy etish va ularni takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Ichki ishlar vazirligining “Xatlov” va “Manzil” bazasidagi maʼlumotlarni yangilash maqsadida joylarda Ichki ishlar vazirligi, Kadastr, Mahalla vazirligi va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda xatlovni amalga oshirish uchun oʻn toʻrt maʼmuriy hududda va 206 tuman/shaharda shtablar tashkil etildi.
Ularning tarkibi boʻyicha maʼlumotlar umumlashtirildi. Xususan, yashash manzilida roʻyxatda boʻlmagan va vafot etgan fuqarolarni chiqarib tashlash, shuningdek amalda yashab turgan, lekin maʼlumotlar bazasida boʻlmagan fuqarolarni kiritish ishlari olib borildi.
- Xorijiy davlatlarda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan vatandoshlarimiz saylovda ishtirok etishlari uchun qanday axborot kommunikatsion qulayliklar yaratiladi?
- Xabaringiz bor, avvallari saylovlarda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman roʻyxatdan oʻtgan oʻzbekistonliklar oʻzlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydala olgan. Saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga binoan, endilikda, chet davlatlarda istiqomat qilib turgan vatandoshlarimiz diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi va xorijiy mamlakatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida koʻchma qutilar orqali ovoz berishlari mumkin boʻladi.
Xorijiy davlatlarda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari huzurida tashkil etiladigan saylov uchastkalarining saylovchilar roʻyxatiga kiritish boʻyicha elektron murojaat qilish imkonini beruvchi xizmatni joriy etiladi. Shu maqsadida Tashqi ishlar vazirligining saytida saylov.mfa.uz kommunikatsion tizimi sinovdan oʻtkazilmoqda.
Mazkur xizmat saylov qonunchiligida belgilangan muddatlarda toʻliq ishga tushiriladi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati