Qayd etish joiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy OAV vakillari MSK tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy OAV vakillarini MSKdan akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tegishli OAV muxbirlik punkti (byurosi, ofisi) rahbari MSKga murojaat qiladi.
OAV vakillari vakolat muddati unga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi.