Sayxunobodda sanoat usulida yiliga atigi 60 ming parranda yetishtirilmoqda. Bu – viloyat koʻrsatkichini 1 foiziga ham yetmaydi.
Shu bois, tumanda 4 ta yirik parrandachilik fermasi ishga tushiriladi va 2 ming xonadon bilan kooperatsiya yoʻlga qoʻyiladi.
Parranda korxonalari 2 mingta xonadonga 500 tadan 2 mingtagacha joʻja tarqatib, xonadonda sanoat usulida yiliga oʻrtacha 6-marta mahsulot olishni tashkil qiladi. Ular ozuqani ham oʻzi yetkazadi, boqishni ham oʻrgatadi, parvarishiga ham koʻmaklashadi.
Natijada xonadonlarda yiliga 10 million parranda boqilib, shuni oʻzidan tumanda yiliga qoʻshimcha 22 ming tonna parranda goʻshti yetishtiriladi.