Joylardagi va respublika darajasidagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga eʼtibor qaratmagani, pastga tushib ishlamagani, faqat yigʻilish oʻtkazish bilan cheklangani tanqid qilindi.
Misol uchun, tumanda 2 ming 400 ta ishsiz bor, kambagʻallik darajasi – 14 foiz, mahalliy byudjet tushumi 27 milliard soʻm, xarajati 67 milliard soʻm.
Bir soʻz bilan aytganda, Sayxunobodda tadbirkorlik oʻsmayapti, Yangi Oʻzbekiston nafasi sezilmayapti, - dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilib, oʻrniga zamonaviy rahbarlar qoʻyildi.