Yaqinda Qozogʻiston bilan Sirdaryo tumanidagi Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markaziga start berildi.
Ushbu markaz hududida 300 million dollarlik 14 ta sanoat korxonasi kelasi yil 1-chorak yakunida ish boshlaydi, 2026-yilda yana 720 million dollarlik 40 ta yangi loyihalar joylashtiriladi.
Oʻtgan yili tomorqani ishga solish, kichik sanoat va servis orqali odamlarning daromadini oshirish boʻyicha yangicha ishlash tizimi Sayxunoboddan boshlangan edi.
Tumandagi 13 ming xonadonda tomorqadan samarali foydalanish hisobiga oylik daromad bir necha barobarga koʻpaydi. Mahallalardagi 1,8 ming xonadonda 5-6 sotixli, yana 622 tasida 2-3 sotixli issiqxonalar qurildi. Bir yarim yilda 700 ta yangi tadbirkor ish boshladi, 15 ming ishsiz doimiy daromadga ega boʻldi, 1,5 ming oila kambagʻallikdan chiqdi.
“Qilsa boʻlar ekan! Mana, eng «ogʻir” tumanlardan biri boʻlgan Sayxunobodda bugun hayot, odamlarning kayfiyati qanday oʻzgarganiga guvoh boʻlyapsizlar», – dedi Prezidentimiz.









