баннер
28 Mar 2025
07:18

    Sayxunobodliklar sogʻlom hayot uchun 5000 qadam yurdi

    Bugun sayxunobodliklar tuman markaziy koʻchalari boʻylab piyoda yurgan holda, sogʻlom turmush tarzini aholiga keng targʻib qildi.

    Serharakatlik organizmni tabiiy ravishda ragʻbatlantirib turadi. Shuning uchun sergʻayrat, tinib-tinchimaydigan odamlar doimo tetik, bardam, keksayganlarida ham baquvvat va shijoatli boʻladi.

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, keyingi bir necha oʻn yil ichida dunyoda ortiqcha vazn va semizlik muammosi ortib bormoqda. Buning oldini olishda sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollikning ahamiyati katta.

    Tadbirda aholi, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, xususan, yoshlar faol ishtirok etdi.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech