Sayyoradagi eng boy odam oʻz kemasida kosmosga chiqadi

    Amazon asoschisi va dunyodagi eng boy odam Jeff Bezos oʻzining Blue Origin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Nyu Shepard” kosmik kemasida birinchi marta suborbital parvozini boshlaydi.

    VVS maʼlumotiga koʻra, kemada Bezosdan tashqari uning ukasi Mark, aviakosmik sanoatining faxriysi, kosmik parvoz boʻyicha birinchi ayol oʻqituvchi, 82 yoshli Uolli Fank va Gollandiyadan kelgan 18 yoshli talaba Olive Deymen boʻladi.

    Bezos bu parvozni uzoq vaqt rejalashtirgan edi. Agar hammasi yaxshi oʻtsa, u oʻz kompaniyasi kemasida stratosfera chegarasiga uchgan ikkinchi “kosmik milliarder” boʻladi.

    Britaniyalik tadbirkor Richard Brenson 11-iyul kuni oʻz kemasida kosmosga birinchi boʻlib uchgan edi.

    Bezosning parvozi atigi 11 daqiqa davom etadi. Kapsulani ekipaj bilan raketa tashuvchisidan 40 kilometr balandlikda ajratgandan soʻng, u yana taxminan 105 kilometr balandlikka koʻtariladi, bir necha daqiqa davomida tortish kuchi boʻlmagan hududda qoladi va keyin parashyut bilan tushadi.

    Bezosning oʻzi raketa va kema xavfsizligi, shuningdek favqulodda vaziyatlarda qutqarish tizimiga shunchalik ishonadiki, ekipaj aʼzolari kosmosga skafandrsiz, faqat Blue Origin kompaniyasining markali parvoz kostyumlarida chiqishadi.