Sel oqibatida halok bo'lgan ikki nafar Qirg'iziston fuqarosining jasadi O'zbekistondan topildi

    O'sh shahrida (Qirg'iziston) sel oqibatida halok bo'lgan oilaning ikki nafar a'zosining jasadi O'zbekistondan topildi.

    Bu haqda Qirg'iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

    Halok bo'lganlar Andijon shahridagi Shahronsoy daryosiga oqib ketgan.

    “Bugun soat 14:30 da 19 yoshli N.M. va 10 yoshli N.M.ning jasadi topildi, ular hozirda Andijon shahar o'likxonasida”, deyiladi xabarda.

    Boshqa ayolni qidirish davom etmoqda.

    14-iyul kuni O'sh shahrida Oq-Buura daryosi o'z qirg'oqlaridan toshib chiqdi. Markaziy bozor va O'zg'ur va To'loykon qishloqlariga sel yopirildi. “Bo'rubay ota” dam olish maskanidan fuqarolar evakuatsiya qilindi.

    “Mol buloq” dam olish maskanida sel bir ayolni uch qizi bilan olib ketdi. Oldinroq qutqaruvchilar yetti yoshli qizaloq va uning onasining jasadini topgan edi, deb xabar beradi report.az.