Sel – togʻ vodiylari, soylar va jarliklardan oqib keladigan, katta vayronagarchilik kuchiga ega boʻlgan qisqa muddatli loyqa va loyqatosh aralash kuchli suv oqimidir. Shuningdek, sel oqimlari qorlarning jadal erishi, kuchli jala yogʻishi natijasida kichik daryo va soylarda ham sodir boʻlishi mumkin.

Sel oqimlari 85% xolatlarda jala yogʻishi, 4 % xolatlarda togʻ qorlarining erishi, 1.3 % xolatlarda togʻ suv xavzalari, suv omborlari, muzlagan suv xavzalarining oʻpirilishi natijasida yuzaga kelishi mukin.

Katta xajmga ega va yuqori tezlikdagi sel oqimi katta tolofatlar yetkazishi mumkin.

Sel xavfi mavjud hudularda aholiga quyidagilar tavsiya etiladi.

1. Toshqin, sel va koʻchki xavfi mavjud xududlarda yashaydigan fuqarolarimiz Uzgidromet, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati, FVV va mahalliy xokimliklar vakillari orqali oʻzi yashaydigan uyning sel kelish, toshqin va koʻchki xavfi mavjud hududda ekanligi boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ularning tavsiyalariga qatʼiy amal qilishi lozim.

2. Toshqin, sel va koʻchki xavfi insonlarning hayoti, sogʻligi va moddiy boyliklarga xavf tugʻdirishini doim yodda tutish kerak.

3. Sel oqimlarida hududida faqat qochib qutilish mumkin, sel oqimi juda tez shakllanishi sababli, turli balandliklar, tepaliklar yoki daraxtlarga chiqib saqlanish mumkin. Uning davomiyligi 3-5 soatgacha yetishi mumkin.

4. Adirliklar, togʻ yon bagʻirlarini oʻzboshimchalik bilan yerlarni oʻzlashtirishmaslik, u yerlarda agrotexnik tadbirlar qoidalarini buzmaslik lozim.

5. Sel omborlari, sel yoʻllari va koʻchki xavfli hudularda uy-joy va boshqa obyektlarni qurilishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.

6. Hududlarda irigatsiya tizimlari obyektlari, sel omborlari va boshqa suv tizimi obyektlaridan qonunga xilof ravishda suv olish yoki boshqa maqsadlarda dambalariga zarar yetkazmaslik lozim.

7. Sel xavfi eʼlon qilinganda imkon boricha mazkur hududlarga dam olish va boshqa maqsadlarda xarakatlanmaslik.

8. Aholi xonadonlari va uylarida mavjud suv oʻtkazgichlarni doimo tozalab, shay holatda saqlanishiga eʼtibor qaratish.

9. Sel oqimlari yoʻlida oʻzboshimchalik bilan daraxtzorlar tashkil etmaslik.

10. Sel xavf mavjud xududlarda bolalar va qariyalarni qarovsiz qoldirmaslik maqsadga muvofiqdir.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli vazirlik va idorlarlar, mahalliy xokimliklar bilan hamkorlikda aholi va hududlarini toshqin suvlari, sel oqimlari va koʻchki hodisalaridan muhofaza qilish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirmoqda. Jumladan,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Uzgidromet” xizmati markazi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Suv xoʻjaligi vazirligi

va “Oʻzbekgidroenergo” AJ xodimlaridan iborat Respublika idoralararo shtabi va uning hududiy shtablari kuchaytirilgan tartibda faoliyat olib bormoqda.

Gidrometeorologik va geologik xavfli hududlarda aholining xavfsizligini taʼminlash maqsadida, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va jamoatchilik vakillaridan iborat 152 ta nazorat-kuzatuv postlari negizida qoʻshimcha shtablar oʻz ishlarini davom ettirmoqda.

Ularning tarkibidagi hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan 300 nafar, Ichki ishlar boshqarmalaridan 113 nafar, shuningdek Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, Gidrometeorologiya xizmati markazining mutaxassislari, mahalla fuqarolar yigʻinlari vakillarining tunu-kun navbatchiligi olib borilmoqda.

Shuningdek, xavfli uchastkani kuzatish va yuzaga kelgan turli favqulodda vaziyatlarni zudlikda bartaraf etish maqsadida, shtablarga biriktirilgan “dozor xizmatini” olib boruvchi 87 ta yongʻin-qutqaruv maxsus texnikalari yuqori tayyorgarlikda xizmatni olib bormoqda.

Gidrometeorologik va geologik xavfli hududlarda tashkil etilgan shtablar tomonidan xavfli xududlardan vaqtinchalik koʻchirilgan aholining doimiy yashash joylariga qaytib kelishining oldini olish, ushbu hududlarda transport qatnovinini taqiqlash boʻyicha nazorat olib borilmoqda.

favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etish uchun 65 ta yongʻin-qutqaruv otryadlari hamda tumanlar yigʻma mexanizatsiyalashgan otryadlari kuch-vositalari shay holatga keltirilgan.

Shuningdek, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan xavfli uchastlardagi 46 ta aholi xoʻjaliklarini doimiy xavfsiz xududlarga koʻchirish boʻyicha fuqarolarga yer ajratish, moliyaviy masalalarni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz va talofatsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash maqsadida, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda xavfli hududlardagi daryo kanallar oʻzanlarini tozalash, qirgʻoq va dambalarni mustahkamlash boʻyicha kun davomida 2 ta (mavsum boshidan 133 ta) amaliy tadbirlar oʻtkazildi.

Olib borilgan ushbu tadbirlar davomida 55 708 m3 tuproq, 54 456 m3 qum-shagʻal, 5 622 m3 beton ishlari bajarilib, 76,0 km. masofadagi magistral kanal, daryo va soylar oʻzanlari tozalandi.

Bundan tashqari, aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, mahallalarda 2 931 nafar fuqarolar bilan 88 marotaba uchrashuv va tushuntirish ishlari olib borildi.

Hurmatli hamyurtlar, toshqin suvlari, sel oqimlari va koʻchki xodisalari bilan bogʻliq xavflar yuzaga kelganda respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.