Bu rasmdagi baliq — Kamarbaliq yoki Seldlar qiroli deb nomalanadi va Tinch, Atlantika, Hind okeanlarining issiq, oʻrtacha issiq va moʻtadil suvlarida, asosan tropik mintaqada va Oʻrta yer dengizi havzasida, shuningdek, Shimoliy-Sharqiy Atlantikada – Islandiya suv havzalarida va Shimoliy dengizda 500-700 metr, baʼzan 1000 metr chuqurliklarda uchraydi. Uning uzunligi 3 metrgacha boradi.

Isteʼmol qiladigan ozuqa turiga koʻra, kamarbaligʻi yirtqich – planktofagadir: uning ozuqasida kichik plankton qisqichbaqasimonlar, mayda baliqlar va kalmarlar qayd etilgan. Seldlar bilan bitta toʻrga tushib qolishidan, bu baliqlarning seldlar bilan ham oziqlanishini koʻrsatadi. Yelka suzgichining uzunlashgan birinchi shulalari tomonidan hosil boʻlgan boshining ustidagi “toj” tufayli bu baliq “Seldlar qiroli” degan nomini ham olgan.

Seldlar qiroli odatda, tanasini tik qilib, boshi yuqoriga koʻtarilgan holatda suzadi. Shu bilan birga uning zichligi suvnikidan kattaroq boʻlgani sabab u oʻz tanasini choʻkishdan saqlab, bir maromda ushlab turadi va uzun yelka suzgichining toʻlqinsimon harakatlari natijasida asta-sekin yoniga siljiydi. Seld qirolini ovlash iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Uning goʻshti isteʼmolga yaramaydi, hatto hayvonlar ham uni isteʼmol qilmasligi mumkin. U faqat baliqchilik sporti obyekti sifatida alohida qiziqish uygʻotadi, deyiladi xabarda.

Bu baliq turining Toʻdakoʻlga qanday kelib qolgani haqida maʼlumot berilmagan.