Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, tumandagi mahalla rais oʻrinbosarlari va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda masʼullar tomonidan oiladagi zoʻravonlik muammosining mohiyati va dolzarbligi, uning xususiyatlari va turlari, sabab va oqibatlari tushunchasini shakllantirish, ayollarning huquqlarini himoya qilishning ahamiyatini oshirish va uning jamiyatdagi hayotga taʼsiri, ushbu muammoni hal qilishning ijtimoiy ahamiyati toʻgʻrisida gender huquqiy ongini joriy etish, oiladagi zoʻravonlik holatlarini aniqlash boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi.

Seminar-treningda maʼruzachilar hamda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflardan kelib chiqib, tavsiyalar qabul qilindi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati