Videokonferentsaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda YXHTning 57 ta ishtirokchi davlati va Tashkilotning hamkorlik bo'yicha 11 ta hamkori parlamentlari a'zolari hamda tashkilot institutlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir mobaynida umumiy majlis, shuningdek, YXHT PA uchta doimiy qo'mitasi majlislari o'tkazilib, ularda YXHT institutlari rahbarlarining 2020-yildagi ish yakunlari va 2021-yilga mo'ljallangan rejalari to'g'risida axboroti eshitildi.

Majlislarda Avstriya Milliy kengashi prezidenti Volьfgang Sobotka, YXHT PA raisi Lord Baunes, YXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde, YeXHT bosh kotibi Xelьga M. Shmid va boshqalar so'zga chiqdilar.

Sessiyada COVID-19 inqirozining iqtisodiy va ekologik oqibatlarini bartaraf etish, pandemiyaning demokratik institutlar va saylov jarayonlariga ta'siri masalalari muhokama etildi.

Xususan, uchta doimiy qo'mita majlisida Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo'mitasi raisi Ravshanbek Alimov ma'ruza qildi.

BMT Bosh Assambleyasining 2020-yil sentyabrь oyida o'tkazilgan 75-sessiyasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyovning ilgari surilgan tashabbuslari to'g'risida axborot berib, senator tashabbuslarning pandemiya va pandemiyadan keyingi davrlardagi dolzarbligini ta'kidladi. 


Senator O'zbekiston rahbariyatining tashabbuslari preventiv xususiyatga ega aniq choralarni o'z ichiga olganligini ta'kidladi va shu munosabat bilan xorijlik hamkasblarini pandemiya davrida BMTning davlatlar ixtiyoriy majburiyatlari to'g'risidagi xalqaro kodeksi qabul qilinishini qo'llab-quvvatlashga, kambag'allikka qarshi kurashish mavzusini BMT Bosh Assambleyasining bo'lajak sessiyasida asosiy mavzulardan biri sifatida belgilashga, shuningdek BRMga erishishda va inson huquqlarini ta'minlashda parlamentlarning rolini oshirishga, shu jumladan BMTning maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish orqali oshirishga chaqirdi.


Shuningdek, sessiyada Assambleya Byurosi va Doimiy qo'mitaning amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi hisoboti eshitildi. Assambleyaning monitoring tartib-taomilini takomillashtirish, COVID-19 vaktsinasining axloqiy, yuridik va amaliy jihatlari, surunkali va uzoq muddatli kasalliklarga chalingan shaxslar kamsitilishi yuzasidan fikr almashildi, boshqa mavzular ham ko'rib chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati