Uchrashuvda Yoshlar parlamentining istiqboldagi vazifalari, amalga oshirilishi zarur boʻlgan dolzarb masalalar muhokama markazida boʻldi.

Bundan tashqari, Yoshlar parlamenti aʼzolarining faoliyati hamda kelgusidagi ishlar yuzasidan Yoshlar parlamenti komissiyalari raislarining axborotlari eshitildi.

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B.Sayfullayev tomonidan Yoshlar parlamenti aʼzolariga tegishli takliflar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari toʻgʻrisida soʻz yuritilib, bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati