Senatning toʼqqizinchi yalpi majlisida “Oʼzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kunini belgilash toʼgʼrisida”gi Qonun maʼqullandi.

Qonun bilan 11 noyabrni Oʼzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni deb belgilash nazarda tutilmoqda.

Аyni damda respublikamizda qonun bilan tasdiqlangan 25 ta bayram belgilangan boʼlib, 9 tasi dam olish kunlari, 16 tasi esa dam olmasdan nishonlanadigan kasb bayramlaridir.

Eslatib oʼtamiz, Qonun kuchga kirishi uchun Prezident tomonidan imzolanishi va belgilangan tartibda rasman eʼlon qilinishi lozim.