баннер
19 Mar 2025
05:28

    Senat Oʻzbekistonning YEOTBga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi

    Bitimning asosiy maqsadi – investitsiya faoliyati orqali unga qoʻshilgan ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy oʻsishiga va ular oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashishdir.

    Senatda “Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006-yil 12-yanvar) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.

    Bitimning asosiy maqsadi – investitsiya faoliyati orqali unga qoʻshilgan ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy oʻsishiga va ular oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashishdir.

    Mazkur hujjatga koʻra, ushbu bank oʻz faoliyatini xalqaro shartnomalar, xalqaro huquq, umumeʼtirof etilgan bank faoliyati tamoyillari va meʼyorlariga muvofiq amalga oshirishi, shuningdek, Bank nizomi ushbu Bitimga ilova qilingan holda tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

    Shuningdek, Bank Nizomida Yevroosiyo taraqqiyot banki faoliyati, maqsad va vazifalari, funksiyalari, imtiyozlari, ustav kapitali va unga obuna boʻlish shartlari hamda Bank boshqaruviga oid tartib-qoidalar belgilangan.

    Bundan tashqari, Yevroosiyo taraqkiyot banki ishtirokchi davlatlarning iqtisodiyoti va moliyaviy bozorlari holati, ularning investitsiya imkoniyatlari, pul-kredit va valyuta munosabatlari, bank va valyutani tartibga solish sohasidagi qonunchilik normalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashi, tizimlashtirishi va tahlil qilishi belgilanmoqda.

    Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻlishi uchun huquqiy asos yaratishga, uning faoliyati doirasida toʻliq va samarali ishtirok etish huquqini taʼminlashga, shuningdek Bankga aʼzo davlatlarning iqtisodiy oʻsishiga koʻmaklashishga, savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va investitsiya faoliyati orqali Yevroosiyo hududida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech