Senat qo‘mitasi raisi MDH PA doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi

    Xavfsizlik 23 Sentabr 2022 1237

    Bugun, 23-sentyabrda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, komissiya a’zosi Qutbiddin Burxonov ham ishtirok etdi.

    Yig‘ilish davomida bir qator qonunlar loyihalari, MDHga a’zo davlatlarda radioaktiv, kimyoviy moddalar va patogen biologik agentlardan terroristik maqsadda foydalanishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, AKT sohasida qonunbuzarliklarni oldini olish va boshqa bir qator masalalar muhokama etildi.

    Komissiya a’zolari ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.