Xususan, AQSH Davlat kotibining Fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari boʻyicha oʻrinbosari Uzra Zeya bilan uchrashuv chogʻida tomonlar mamlakatda majburiy mehnatga barham berish, odam savdosining oldini olish va unga chek qoʻyish, qishloq xoʻjaligi sohasini isloh qilish, bu borada xalqaro tuzilmalar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha koʻrilayotgan huquqiy hamda institutsional chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlat kotibi oʻrinbosari mamlakatimizda majburiy mehnatga barham berish borasidagi saʼy-harakatlarni yuqori baholadi, Oʻzbekiston nisbatan qisqa vaqt ichida aql bovar qilmas yutuqlarga erishganini, Qoʻshma Shtatlar mamlakatimizdagi oʻzgarishlarning ijobiy dinamikasini qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligini taʼkidladi.

Uning fikricha, erishilgan yutuqlar toʻqimachilik sohasida jahon bozorida Oʻzbekistonning raqobatbardoshligini mustahkamlaydi.

U.Zeya Davlat departamentining odam savdosi toʻgʻrisidagi maʼruzasida Oʻzbekistonning oʻrni “nazorat ostidagi roʻyxat”dan ikkinchi darajaga (Tier-2) koʻtarilganini qutlar ekan, ushbu saʼy-harakatlar davom ettirilishiga umid bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekistonda mehnat munosabatlarini yanada yaxshilash uchun yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.