Inson huquqlarini taʼminlash sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro majburiyatlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama etildi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, Oʻzbekiston Ombudsmani tomonidan dunyodagi 50 ga yaqin mamlakatlarning, shu jumladan Amerika, Yevropa, Osiyo, MDH davlatlarining ombudsmanlari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.
Dastavval mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Ombudsman tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish borasida qoʻllanilayotgan taʼsir choralari va mexanizmlariga toʻxtalib oʻtildi.
Inson huquqlari sohasiga oid meʼyoriy hujjatlarning qabul qilinishi va takomillashib borishi Ombudsman institutiga fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi vakolatlari hamda natijadorligining oshishiga turtki boʻlgani aytib oʻtildi.
Oʻz navbatida, mehmonlar Oʻzbekistonda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuksak baholab, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq Ombudsman institutiga qonunchilik tashabbusi sifatida parlament quyi palatasiga qonunchilikka oid takliflarni kiritish huquqi berilganligini eʼtirof etdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.