Eng faol, nufuzli yetakchi xotin-qizlarni birlashtirgan mazkur forumda 126 ta davlatning parlamentlari raislari, hukumat rahbarlari va 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillar, biznes, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash kabi turli sohalar namoyondalari boʻlgan 1,5 mingdan ziyod delegatlar ishtirok etyapti.
Forum ishida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ham qatnashyapti.
Senat Raisi forum doirasida qator davlatlarning parlament rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarni ham oʻtkazishi nazarda tutilgan, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati