Uchrashuvda intellektual mulkni himoya qilish hamda Oʻzbekistonning BIMT Global innovatsion indeksidagi oʻrnini yaxshilashga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirish masalalari muhokama etildi.
D.Tang Oʻzbekistonda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasini puxta oʻrganib chiqqanini va mazkur Strategiya davlat eʼtiborining yorqin isboti ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuvda BIMT Oʻzbekistonga milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, fan yutuqlarini har bir sohaga joriy etish borasida har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyorligi bildirildi.
Tomonlar milliy brendlarni yaratish talabi va geografik nomlarni himoya qilish zarurligiga eʼtibor qaratdi.
Muloqot natijasida BIMT tomonidan Oʻzbekistonning intellektual mulk sohasidagi qator tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kelishuvga erishildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.