Uchrashuvlarda mintaqamizda qayd etilgan natijalar, shubhasiz, davlatlar rahbarlarining oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlari tufayli roʻy berayotganini alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, muhokamalar davomida parlamentlararo aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratidan unumli foydalanish masalalari koʻrib chiqildi.
Bu borada parlamentlararo doʻstlik guruhlari va hamkorlik komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish lozimligi qayd etildi.
Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikning muhim yoʻnalishlari boʻyicha huquqiy asoslarni takomillashtirish, mahalliy vakillik organlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish ishlarini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.