Senat Raisi Jeneva shahrida xorijiy parlamentlar delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 26 Mart 2024 366

    Maʼlumki, Shveysariyaning Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoqning (PI) 148-Assambleyasi boʻlib oʻtyapti.

    Unda Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligida mamlakatimiz parlamenti delegatlari ishtirok etyapti.

    Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning (PI) 148-Assambleyasi doirasida Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarova, Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koshanov, Armaniston Milliy Assambleyasi raisi Alen Simonyan hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari Konstantin Kosachev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.

    Har bir davlat parlament rahbarlari bilan ikki tomonlama munosabatlarning alohida jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Kelgusi rejalar muhokama etildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.