Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, MDH jamgʻarmasi 2006-yil 25-maydagi Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston tomonidan imzolangan Bitimga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, davlatlararo notijorat tashkilot hisoblanadi.

Uchrashuvda Oʻzbekistoning mazkur jamgʻarma bilan hamkorlik istiqbollari xususan, madaniyat, fan, taʼlim va boshqa gumanitar sohalarda koʻp tomonlama aloqalarni mustahkamlash, mazkur yoʻnalishdagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Senat raisi T.Narbayeva xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun MDH davlatlararo tuzilmalari, birinchi navbatda, Davlatlararo jamgʻarma imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

MDH jamgʻarmasi boshqaruvi raisi, P.Bulbul oʻgʻli Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻxtalib, tashrif davomida barcha sohalarda jumladan, madaniy-gumanitar yoʻnalishda keskin oʻzgarishlarga guvoh boʻlgani, bu albatta Prezident Shavkat Mirziyoyevning ilm-fan, madaniyat va yoshlar masalalariga katta eʼtibor berayotganidan dalolat ekanini alohida qayd etdi.

Suhbat chogʻida MDH aʼzo mamlakatlari akademik doiralari oʻrtasida doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish yuzasidan ham fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.