Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalari koʻrib chiqildi.
Tomonlar, oʻzaro savdo aylanmasi koʻrsatkichi ikki davlatning salohiyatini ifoda etmasligini, tadbirkorlar oʻrtasida qoʻshma biznes loyihalarni faollashtirish lozimligini taʼkidladilar.
Muloqot davomida fan, taʼlim, madaniyat yoʻnalishlaridagi hamkorlik, mamlakatlarning turizm salohiyatidan yanada kengroq foydalanish boʻyicha amaliy saʼy-harakatlarni birlashtirish boʻyicha fikr almashildi.
Suhbat chogʻida parlamentlararo muloqotni oʻzaro tashriflar orqali faollashtirish, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari tegishli qoʻmitalari oʻrtasida tajriba almashish va yaqin aloqalarni oʻrnatish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida diplomat ikki tomonlama munosabatlarni bundan keyin ham yanada rivojlantirish uchun bor imkoniyat va salohiyatini ishga solishini bildirib oʻtdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.