Senat Raisi Ozarbayjon elchisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

    Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.

    Tomonlar ikki davlat yetakchilarining qatʼiy siyosiy irodasi va oʻzaro ishonchga asoslangan doʻstona munosabatlari tufayli Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganini alohida taʼkidladilar.

    Muloqot chogʻida mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

    Oʻzbekiston va Ozarbayjon parlamentlari oʻrtasida shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi yuqori darajasidan kelib chiqib, kelgusi rejalar muhokama qilib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.