Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchixonasiga tashrif buyurib, Qirolicha Yelizaveta II ning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga Oʻzbekiston xalqining hamdardligini yetkazdi.

Senat Raisi elchixonadagi taʼziyalar kitobiga hamdardlik soʻzlarini yozib qoldirdi.

“Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta II Zoti Oliyalarining vafoti munosabati bilan Qirollikning moʻtabar oila aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga chin dildan hamdardlik tuygʻularimizni izhor etamiz”, — deyiladi Senat Raisi taʼziyanomasida. Bu haqida Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.